1

Buxoroda 16 yashar yigit mashina o`g`risiga aylandi

Jinoyat 13.08.2022, 21:26
Buxoroda 16 yashar yigit mashina o`g`risiga aylandi

Joriy yilning 4 avgust kuni soat 01:30 larda Qoraqalpog`iston Respublikasi Ellikqal`a tumani "Amirobod" ovulida yashovchi, 2006 yilda tug`ilgan Z.L. ismli shaxs Buxoro shahar Mustaqillik ko`chasida joylashgan «AIROBUS» avtomashinalar yuvish shoxobchasida yuvish uchun qoldirilgan Buxoro shahar B.Naqshband ko`chasida yashovchi, 1998 yilda tug`ilgan fuqaro O.Sh. ga tegishli bo`lgan "Matiz" rusumli avtomashinani olib qochib, noma`lum tomonga yashiringan. Bu haqda IIV xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan kelib tushgan xabar asosida Buxoro shahar IIO FMB tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, kechiktirib bo`lmas tezkor qidiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.

E`lon qilingan "To`sib ushlash" maxsus tezkor rejasi asosida o`tkazilgan tezkor texnik va qidiruv tadbirlari davomida olib qochilgan avtomashinaning «Buxoro-Qashdaryo» viloyatlarini bog`lab turuvchi "Shirinbuloq" YPX maskanidan o`tib ketganligi aniqlanib, Qashqadaryo viloyati hududida qo`lga olindi.

Hozirda jinoyat ishida gumon qilinuvchi Z.L. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1