1

OTM magistraturasida o`qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to`lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

Jamiyat 16.08.2022, 15:01
OTM magistraturasida o`qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to`lovlarini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori  bilan Davlat OTMning magistratura bosqichiga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta`lim olayotgan xotin-qizlarning to`lov-kontrakt summasini Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplab berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda "Huquqiy axborot" yozmoqda.

Nizomga ko`ra, davlat OTM, shu jumladan, Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Bosh prokuratura akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Bank-moliya akademiyasining magistratura bosqichida o`qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to`lovlari qaytarish shartisiz qoplanadi.

 Buning uchun davlat OTMning magistratura bosqichiga to`lov-kontrakt asosida qabul qilingan va ta`lim olayotgan talaba xotin-qizlar (talabgorlar) 2022/2023 o`quv yilidan boshlab o`quv yili uchun to`lov-kontraktning to`liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt to`lovlari bundan mustasno) o`zlari ta`lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15 sentyabrgacha ariza bilan murojaat etadi.

Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko`rib chiqilmaydi.

 Arizalar 3 ish kunida ko`rib chiqilib, ro`yxat shakllantiriladi.

2022 yilda umumlashtirilgan talabgorlar ro`yxati 5 ish kunida to`lov-kontraktlarni qoplab berish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga (2023 yildan OTMning idoraviy mansubligiga ko`ra tegishli vazirliklar va idoralarga) yuboriladi.

 Talabgorlarga to`lov-kontrakt summasini qoplab berish to`g`risida joriy o`quv yilining 15 oktyabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug`i qabul qilinadi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1