1

JSST: Maymun chechagi virusiga qayta nom beriladi

Dunyo 16.08.2022, 15:36
JSST: Maymun chechagi virusiga qayta nom beriladi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti maymun chechagi virusi nomini o`zgartirish bo`yicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqdi. Bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik noto`g`ri nomlanganiga doir takroriy e`tirozlar sabab bo`ldi. Bu haqda SSV yozmoqda.

Aslida, viruslarga nom berish JSST vakolatiga kiradi. Biroq bu gal odamlarga onlayn portal orqali o`z takliflarini etkazishi uchun imkoniyat yaratildi.

Ma`lumki, maymun chechagi atamasi 1958 yilda istilohga kiritilgan. Qolaversa, virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.

Biroq zamonaviy amaliyotga ko`ra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutasiyalari va ular bilan bog`liq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega bo`lmasligi zarur.

Qolaversa, savdo-sotiq yoki yo`lovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi kerak.

Shundan kelib chiqqan holda maymun chechagining Kongo havzasi versiyasi endi "I tur", G`arbiy Afrika varianti esa “II tur” deb ataladigan bo`ldi.

Virusning o`ziga esa keng jamoatchilik takliflari asosida yaqin istiqbolda qayta nom berilishi kutilyapti.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1