1

Toshkentda sodir bo`lgan 18 ta avtomobil ishtirokidagi YTH bo`yicha ma`lumot berildi (video)

Jamiyat 17.08.2022, 10:41
Toshkentda sodir bo`lgan 18 ta avtomobil ishtirokidagi YTH bo`yicha ma`lumot berildi (video)

Toshkentda 18 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo`lgani haqida video tarqaldi. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB ma`lumot taqdim etdi. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2022 yil 16 avgust kuni soat 17:45 larda Toshkent shahar Chilonzor tumani Bunyodkor shox ko`chasi (ko`prik usti)da bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan bir qancha transport vositalari ishtirokida YTH  sodir bo`lgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1