AsosiyDunyo

"O`zbekistonni o`zingiz uchun kashf qiling" — Radiy Xabirov

Ayni vaqtda Namanganda bo`lib turgan Rossiyaning Boshqirdiston o`lkasi rahbari o`z vatando...

'"O`zbekistonni o`zingiz uchun kashf qiling" — Radiy Xabirov'ning rasmi

Ayni vaqtda Namanganda bo`lib turgan Rossiyaning Boshqirdiston o`lkasi rahbari o`z vatandoshlarini bu erga sayohat qilib, boy tarixiy obidalarni tomosha qilish, mazali meva-sabzavotlarni tatib ko`rishga chaqirdi.

U o`z telegram kanalida bu borada shunday post yozdi va unga qo`shimcha ravishda suratlarni ham ilova qildi.

"O`zbekiston hayratlanarli darajada go`zal. Bu erda ko`rish mumkin bo`lgan narsa bor – Toshkentning poytaxt hayoti, sayyohlik durdonalari – Samarqand, Buxoro va Xiva, Farg`ona vodiysi, xususan, Namangan, men ayni vaqtda shu erda investorlar bilan uchrashmoqdaman", – deydi Radiy Xabirov.

Boshqirdiston rahbari so`zida davom etarkan, tarixiy qadamjolarni alohida qayd etdi.

"Masalan, birgina Namangan viloyatining o`zida 27 ta tarixiy va muqaddas qadamjolar mavjud. Madrasalar, masjidlar, maqbaralar...

Bu er, ayniqsa, bahor va kuzda meva-sabzavot mo`l-ko`l bo`lgan davrda gullab-yashnayotgan unumdor zamin. Men boshqirdistonlik sayyohlar O`zbekistonni o`zlari uchun kashf qilishlarini juda istardim. Shunchaki bu yurtning go`zalliklari meni hayratga soldi", – deb yozadi u.

Glava Bashkirdistana prizval sootechestvennikov posetit Uzbekistan - Sputnik O`zbekiston, 1920, 19.08.2022
Glava Bashkirdistana prizval sootechestvennikov posetit Uzbekistan - Sputnik O`zbekiston, 1920, 19.08.2022
Glava Bashkirdistana prizval sootechestvennikov posetit Uzbekistan - Sputnik O`zbekiston, 1920, 19.08.2022

    Boshqa yangiliklar