1

Toshkentda 26 yoshli ayol o`z hamkasbini pichoqlab qo`ydi. Natijada...

Jinoyat 07.09.2022, 16:55
Toshkentda 26 yoshli ayol o`z hamkasbini pichoqlab qo`ydi. Natijada...

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, 4 sentyabr kuni soat 00:30 larda 26 yoshli K.G.(ayol) o`zi ishlab kelayotgan Yashnobod tumani Torariq ko`chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida bo`la turib, mazkur oilaviy oshxonada o`zi bilan birga ishlovchi 28 yoshli, mast holatdagi M.S. (erkak) bilan o`zaro janjallashib qoladi.  

O`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik natijasida, oshxona pichog`i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati etkazganligi aniqlangan.
Natijada, M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida M.S. da “Qorin o`ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlanganligi va ushbu jarohatlar og`irlik darajasiga ko`ra, hayot uchun xavfli bo`lgan og`ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko`rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan K.G.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o`lishiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, K.G. prosessual tartibda ushlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1