Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.
Unda, fuqaro Z.X. yakka tartibdagi tadbirkor J.ning ishonchiga kirib, unga granit toshlarini etkazib berishni va`da qilib, evaziga uning 24 000 AQSh dollarini aldov yo`li bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.