"Qisman" safarbarlik e`lon qilinganidan keyin 260 mingdan ortiq erkak Rossiyadan qochib ketgani aytilmoqda

Dunyo 26.09.2022, 21:40
"Qisman" safarbarlik e`lon qilinganidan keyin 260 mingdan ortiq erkak Rossiyadan qochib ketgani aytilmoqda

"Qisman" safarbarlik e`lon qilinganidan keyin 260 mingdan ortiq erkak Rossiyadan qochib ketdi. Rasmiy ravishda chegaralar hali yopilmagan, ammo harbiyga chaqiruv yoshidagi odamlar endi qo`yib yuborilmaydi.

Ma`lumotlar FSB tomonidan ma`lum qilingani aytilmoqda. Bu haqda Rossiya OAVlari prezident ma`muriyatidagi manbaga tayanib yozgan.

Jurnalistlarning so`zlariga ko`ra, xavfsizlik kuchlari chiqib ketgan erkaklar soni haqida ma`lumotlar bera boshlaganidan so`ng Kreml chaqiriq yoshidagi odamlar uchun chegaralarni yopish masalasini muhokama qila boshlagan. 25 sentyabr kuni "ofislarni aylanib chiqqan" FSBning so`nggi ma`lumotida 261 ming kishi bo`lgan.

Nashr manbasining ta`kidlashicha, xavfsizlik kuchlari va Mudofaa vazirligi Putinni mamlakatdan chiqishni yopishga ishontira oladi. Biroq, farmonni hali hech kim ko`rmagan.

Rossiyada rasmiy ko`rsatmalar paydo bo`lishidan oldin ham ular erkaklarning chet elga chiqishini taqiqlashni boshlagan edi, deb yozadi jurnalist Andrey Saplienko. FSB tomonidan chegarada berilayotgan xatlarda fuqarolarga harbiy komissariatlarga tashrif buyurish so`ralgan, biroq sabalari ko`rsatilmagan.

Petropavlovskda Qozog`iston-Rossiya chegarasi yopildi, deb yozadi Orda.kz. Guvohlarning qayd etishicha, Rossiya tomoni chaqiriq yoshidagi erkaklarni chegaradan o`tkazishni to`xtatgan.

OAV chegaradan o`ta olmagan har bir kishi zudlik bilan avtobusda harbiy komissariatga olib ketilayotganini aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1