1

Buxoroda o`zini poezd tagiga tashlagan 38 yoshli ayol to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berildi (video)

Jamiyat 28.09.2022, 13:21
Buxoroda o`zini poezd tagiga tashlagan 38 yoshli ayol to`g`risida qo`shimcha ma`lumot berildi (video)

Buxoro viloyatida 38 yoshli ayol o`zini poezd ostiga tashlab, halok bo`lgani to`g`risida xabar berilgandi

"Zamon.uz" marhuma istiqomat qilgan mahallaning raisi va mas`ullardan holat bo`yicha qo`shimcha ma`lumot oldi.

Qayd etilishicha, 26 sentyabr kuni soat 06:00 da Xo`jadavlat—Buxoro-1 yo`nalishidagi poezd 43-RZD va "Murgak" temir yo`l bekatlari oralig`ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o`z joniga qasd qilish maqsadida poezd tagiga o`zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

"Oilasi tartibli, intizomli oila hisoblanadi. Ularning oilasida hech qanaqa nizoli holat bo`lmagan. Qo`ni-qo`shnilari orasida ham obro-e`tiborga ega ayol edi. Moddiy va ma`naviy tarafdan etishmovchilik bo`lmagan", — deydi mahalla raisi.

Uning so`zlariga ko`ra, so`nggi paytlarda marhuma ayolda biroz ruhiy o`zgarishlar kuzatilgan.

"Yigirma kunlar oldin u tuman markaziy shifoxonasida ruhiy holat bo`yicha ro`yxatdan o`tgan. Shifokorlar unga yotib davolanishni tavsiya qilgan. Ammo u shifxonada qolishni istamay, singlisining uyida davolanishni boshlagan", — deydi u.

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Buxoro transport prokuraturasi tergovchisi Feruz Jo`raevning aytishicha, o`z joniga qasd qilgan ayol 1972 yilda tug`ilgan bo`lib, uning uch nafar farzandi bo`lgan. Bosh prokuratura matbuot xizmati avvalroq marhuma 38 yoshda bo`lganini ma`lum qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1