1

Latviya fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

Dunyo 29.09.2022, 10:13
Latviya fuqarolarini Rossiyani tark etishga chaqirdi

Latviya tashqi ishlar vaziri Edgars Rinkevich mamlakat fuqarolarini Rossiya hududini zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Shuningdek, u latviyaliklarga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilgan. Bu haqda "Zamon.uz" yozmoqda.

“Xalqaro vaziyatning keskinlashuvini hisobga olib, shoshilinch chaqiruv: biz Latviya fuqarolarini Rossiyaga bormaslikka, hozirda Rossiyada bo`lganlarni esa imkon qadar tezroq mamlakatni tark etishga chaqiramiz”, — deb yozdi TIV rahbari Tvitter sahifasida. 

Avvalroq Amerikaning Moskvadagi elchixonasi ham xuddi shunday murojaat qilib, AQSh fuqarolaridan Rossiyani tark etishni so`radi. Elchixona e`lon qilingan safarbarlik munosabati bilan ikki fuqarolikka ega bo`lgan shaxslar armiyaga chaqirilishi mumkinligini aytgan.

Eslatib o`tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qisman safarbarlik e`lon qildi. Fuqarolarga murojaatida u mamlakat hududiy yaxlitligiga tahdid tug`ilgan taqdirda barcha himoya vositalaridan foydalanishga va`da berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1