1

Shahrixonda 1 yashar bola qorin og`rig`idan vafot etdi

Jinoyat 03.10.2022, 17:06
Shahrixonda 1 yashar bola qorin og`rig`idan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Shahrixon tuman tibbiyot birlashmasiga qorin og`rig`i bilan kelgan bemor, 2021 yilda tug`ilgan I.Ya vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Andijon prokuraturasi vaziyatga yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi

Aniqlanishicha, 3 sentyabr kuni Shahrixon tuman, “Qumtepa” ko`chasida yashovchi voyaga etmagan I.Ya Shahrixon tumanidagi xususiy shifoxonada tibbiy muolajalarni qabul qilish davrida sog`ligi yomonlashib vafot etgan. 

"Holat yuzasidan Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan 27.09.2022 yilda JKning 116-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan" deyiladi xabarda.

Tergov harakatlari Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1