1

Shavkat Mirziyoev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni 70 yillik yubileyi bilan chin dildan tabrikladi

Siyosat 05.10.2022, 17:15
Shavkat Mirziyoev Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni 70 yillik yubileyi bilan chin dildan tabrikladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari Tojikiston etakchisini 70 yillik yubileyi bilan chin dildan tabriklab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar Tojikiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Prezident Emomali Rahmonning zamonaviy Tojikistonni barpo etish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida bugungi yuksak darajaga erishishdagi o`rni alohida qayd etildi.

Suhbat chog`ida ilgari erishilgan kelishuvlar va qabul qilingan bitimlarni amalga oshirish masalalari ko`rib chiqildi. Sanoat, qishloq xo`jaligi, energetika, transport va boshqa muhim yo`nalishlardagi ustuvor kooperasiya loyihalarini ilgari surishga xizmat qiladigan Qo`shma investisiya fondi o`z faoliyatini boshlagani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Faol hududlararo muloqotlarni yanada kengaytirish, mamlakatlarimizda qo`shma ishbilarmonlik va madaniy tadbirlarini o`tkazish muhim ekani ta`kidlandi.

Shuningdek, mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi, bo`lajak ko`p tomonlama uchrashuvlar rejasi ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining telefon orqali muloqoti har doimgidek ochiq, samimiy va do`stona ruhda o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1