Toshkentda 531 tup daraxt yoqib yuborilgani bo`yicha jinoyat ishi ochildi

Jinoyat 05.10.2022, 18:58
Toshkentda 531 tup daraxt yoqib yuborilgani bo`yicha jinoyat ishi ochildi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 500 dan ortiq daraxt nobud bo`ldi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 7 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “M-D D” fermer xo`jaligi hududida sodir bo`lgan yong`inda 531 tup daraxt nobud bo`lganligi oqibatida o`simlik dunyosiga 134,9 mln so`m miqdorida zarar etkazilgan.

O`tkazilgan tekshirish natijasiga ko`ra, Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan holat bo`yicha Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o`rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o`simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda Yashnobod tumani IIO FMB tergov bo`limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1