EChL: "Chelsi" yirik hisobda "Milan" ustidan g`alabaga erishdi

Sport 06.10.2022, 08:45
EChL: "Chelsi" yirik hisobda "Milan" ustidan g`alabaga erishdi

Chempionlar Ligasi 3-turining qiziqarli uchrashuvlaridan biri Londonda bo`lib o`tdi.

Unda "Chelsi" o`z maydonida "Milan"ni qabul qilib, yirik 3:0 hisobida g`alaba qozondi.

Dastlab, Uesli Fofana hisobni ochdi. Ikkinchi bo`limda Per-Emerik Obameyang va Ris Jeyms kiritgan gollar "aristokratlar"ning yirik g`alabasini ta`minladi.

Chelsi Angliya – Milan Italiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Fofana, 2:0 – 56 Obameyang, 3:0 – 61 Djeyms.

Chelsi – Arrisabalaga, Djeyms, Tiago Silva, Kulibali, Fofana (Chaloba, 38), Chiluell, Kovachich (Jorjinyo, 66), Loftus-Chik, Maunt (Xaverts, 74), Obameyang (Gallaxer, 65), Sterling (Broya, 75).

Milan – Teterushanu, Dest, Tomori, Kalulu, Ballo-Ture, Krunich (Gabbiya, 65), Bennaser (Pobega, 73), Tonali, de Ketelare (Rebich, 65), Jiru (Origi, 73), Rafael Leau (Braim Dias, 72).

Ogohlantirishlar: Krunich (7), Ballo-Ture (14), Kovachich (39), Tomori (42), Tiago Silva (71).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1