1

Ronaldu: Hammasi tugadi!

Sport 01.11.2022, 22:01
Ronaldu: Hammasi tugadi!

37 yoshli portugaliyalik yulduz o`zi bilan olti yil birga o`ynagan Gari Nevill bilan so`rashmagan edi. Bunga hozir ekspert bo`lib faoliyat yuritayotgan sobiq himoyachining Ronalduni tanqid qilgani sabab bo`ldi

“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Rio Ferdinand premer-liganing 14-turida “Vest Xem”ga qarshi uchrashuv oldidan Krishtianu Ronaldu va Gari Nevill o`rtasida yuz bergan vaziyatga izohladi.

"Endi Nevill Ronalduga qo`ng`iroq qilsa ham, Krishtianu javob qaytarmaydi. Ronalduni yaxshi bilganim uchun hammasi tamom bo`lganini aytishim mumkin. Gap og`zingdan chiqib bo`ldi, nima o`ylayotgan bo`lsang shuni gapirding.

Men Ronaldu o`rnida bo`lganimda boshqacha yo`l tutardim. Nevillni qo`lini siqib, “Sen juda ko`p gapiryapsan,  der edim.

Ko`pchilik Ronaldu bunday qilmasligi kerak edi, deyapti. Lekin hech bir futbolchi uni mutaxassis tanqid qilishini qabul qilolmaydi. Ronaldu Nevillni “Manchester Yunayted”dagi eng tajribali o`yinchilardan biri sifatida qattiq hurmat qilardi",  — dedi Rio Ferdinand.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1