Toshkentda Suriyadagi jang maydonlariga ketmoqchi bo`lgan 18 yoshli qizga sud hukmi o`qildi (video)

Jinoyat 25.11.2022, 13:20
Toshkentda Suriyadagi jang maydonlariga ketmoqchi bo`lgan 18 yoshli qizga sud hukmi o`qildi (video)

Suriyaga ketmoqchi bo`lgan qizga sud hukmi o`qildi. Bu haqda “darakchi.uz” DXX matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida yashovchi, 2004 y.t. qiz ijtimoiy tarmoqlar orqali ana shunday yovuz kuchlar ta`siriga tushib qolganlardan biri sanaladi.

Dastlab u 2021 yilning iyun oyida “Telegram” messenjerida shaxsiy akkaunt ochib, terroristik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari bo`lgan“Abdullox Zufar”, “Abdullox Buxoriy”, “Sodiq Samarqandiy” va boshqalarning ma`ruzalarinitinglaydi.

Natijada qizning ongi zaharlanib, ekstremistik tashkilotlarning noqonuniyligini anglagan holda, ularning a`zolari bilan virtual muloqotga kirishadi. Alal-oqibatda Suriyaga borib, u erdagi “Islom Davlati” terroristik tashkiloti safiga qo`shilishni maqsad qiladi.

Buning uchun u ota-onasidan yashirgan holda, o`ziga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtiradi hamda tilla ziragini sotib, safar uchun jamadon xarid qiladi va unga kiyim-kechaklarini joylab, tanishining uyiga yashirib qo`yadi.

Lekin, huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qizning rejasi amalga oshmasdan,joriy yilning mart oyida u qo`lga olinadi vajinoyat ishi qo`zg`atiladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning ekspertiza xulosasiga ko`ra, uning uyali telefoni xotirasidagi materiallar orasida “Tavhid va jihod katibasi”, “Islom jihodi ittihodi” terroristik tashkilotlariga tegishli hamda aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan ma`lumotlar mavjud bo`lib, ularniO`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish yoxud namoyish etish taqiqlanadi.

Sud hukmiga ko`ra, mazkur fuqaro Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1