1

Noyob asarlarni yo`qolishiga sababchi bo`lgan Milliy universitet kutubxona rahbari qamoqdan ozod qilindi

Jinoyat 06.12.2022, 15:24
Noyob asarlarni yo`qolishiga sababchi bo`lgan Milliy universitet kutubxona rahbari qamoqdan ozod qilindi

2022 yil 10 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida O`zbekiston Milliy universitetining Axborot resurs markazi “Sharqiy” fondining umumiy bahosi 2 656 600 000 so`m qiymatga ega noyob – 57 ta tarixiy qo`lyozma asarlari, XIII-XIX asrlarga oid 12 ta toshbosma va 9 ta tarixiy hujjatlarini talon-toroj qilinib, juda ko`p miqdorda davlat manfaatlariga zarar etkazish hamda o`ta muhim ahamiyatga ega, tarixiy-madaniy qimmatliklar haqida ma`lumot beradigan 341 ta inventar kitoblarini taqdim qilinmasligi oqibatida 45 ta noyob qo`lyozmalar, 104 ta noyob toshbosmalarni, ya`ni davlat va jamoat tarixiy-madaniy boyliklarining yo`qolib ketishiga sabab bo`lgani yuzasidan O`zbekiston Milliy universitetining Axborot resurslar markazi rahbari I. K. (1962 yilda tug`ilgan) ga oid jinoyat ishi ko`rib chiqilib, hukm o`qilgan edi.  

Sud hukmi bilan Axborot resurslar markazi rahbari I. K. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan va 5 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

Toshkent shahar sudi Matbuot xizmatinig xabariga ko`ra, bugun, 6 dekabr kuni Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasida Axborot resurslar markazi rahbari I. K. ga oid ish yuzasidan chiqarilgan sud hukmiga sudlanuvchi va uning advokati tomonidan berilgan apellyasiya shikoyati ko`rib chiqilgan.

Apellyasiya instansiyasi sudi shikoyatda keltirilgan vajlarni o`rganib, sudlanuvchining ayblovidagi kitoblarni o`zlashtirganligi tasdiqlanmaganligi, balki u o`z mansab vazifalarini lozim darajada bajarmaganligi o`z tasdig`ini topganligi sababli, Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati apellyasiya instansiyasining ajrimi bilan jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudining 2022 yil 10 oktyabrdagi Axborot resurslar markazi rahbari I. K. ga oid hukmi o`zgartirilib, uning harakatlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandidan 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) 1-qismiga qayta kvalifikasiya qilindi.

Sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining 227-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari bilan, 45-moddaga asosan tayinlangan jazolar aslicha qoldirildi.  

Jinoyat kodeksining 59, 61, 62-moddalari tartibida Axborot resurslar markazi rahbari I. K. ga o`tash uchun uzil-kesil 6 oy 23 kun ozodlikni cheklash va 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, sud hukmining sudlanuvchidan O`zbekiston Milliy universiteti foydasiga 2 642 600 000 so`m miqdoridagi moddiy zararni undirish belgilangan qismi chiqarildi.

Axborot resurslar markazi rahbari I. K. ga tanlangan qamoqda saqlash ehtiyot chorasi bekor qilinib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi. 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1