1

O`zbekistonda qattiq sovuq kunlar qachongacha davom etadi?

Jamiyat 06.12.2022, 20:32
O`zbekistonda qattiq sovuq kunlar qachongacha davom etadi?

7-8 dekabr kunlari Farg`ona vodiysi viloyatlarida va tog`larda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Hudud aholisi hattoki mazkur kunlari qor bo`ron hodisalariga ham guvoh bo`lishi mumkin. Respublikaning boshqa qismlarida kelayotgan besh kunlikda yog`ingarchilik kutilmalari mavjud emas.

11 dekabr kuniga qadar respublika hududlarida g`ayritabiiy sovuqlik saqlanadi. O`zgidromet prognozlarida 9 dekabrdan boshlab respublikaning juda katta qismida tunlari havo harorati -10 daraja, shimolda -20 darajagacha pasayish mumkinligi aytilmoqda.  

Joylarga tuman tushadi. Yo`llarda muzlamalar kutiladi. Kunduz kunlaridagi havo harorati ham maksimal nol daraja atrofida, shimol va tog`larda nol darajadan ham ancha past bo`lishi kuzatiladi.

Mazkur g`ayritabiiy sovuqlik to`lqin kutilmalaridan kelib chiqib, barcha tarmoqlar o`z yo`nalishida kelayotgan 5-6 kunlikda sovuqning salbiy oqibatlarini kamaytitirish maqsadida puxta rejalar ishlab chiqishi va uni amalda qo`llashi tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1