Yangier shahrida qurilayotgan ko`p qavatli uylarni qurish jarayonida quruvchilar tomonidan elektr energiyasi tarmog`iga noqonuniy ulanganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, mazkur qurilish firmasi elektr hisoblagich o`rnatmasdan elektr energiyasidan foydalanib kelgan.
Ushbu iste`molchiga qonunda belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, tarmoqdan ajratilgan.