1

Abdusattorov – Din Lijen uchrashuvi durang bilan yakunlandi

Sport 25.01.2023, 21:46
Abdusattorov – Din Lijen uchrashuvi durang bilan yakunlandi

25 yanvar kuni Niderlandiyada davom etayotgan “Tata Steel Chess” xalqaro turnirining “Masters” guruhi 10-tur bahsida Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federasiyasi reytingida 2-o`rindan joy olgan xitoylik Din Lijen bilan bahslashdi. Bu haqda O`zA yozmoqda.

Ta`kidlanishicha, o`ziga xos taktik yurishlar bilan boshlangan uchrashuvda har ikki mahoratli shaxmatchi vaziyatni to`liq nazorat qilib bordi.

O`yinning 27-yurishidan keyingi holatda kuchlar tengligini inobatga olgan xitoylik shaxmatchi hamyurtimizga murosa yo`lini taklif etdi. Shu tariqa Abdusattorov – Din Lijen uchrashuvi durang bilan yakunlandi. Nodirbek Abdusattorov 7 ochko jamg`arib, turnirdagi etakchilik mavqeini saqlab qoldi.

Nodirbekning 27 yanvarda bo`ladigan 11-turdagi raqibi musobaqaga tashlangan qo`r`a natijasiga ko`ra, Anish Giri hisoblanadi. Mazkur bahsda hamyurtimiz qora donalarda harakatlanadi.

“Chellenjer” guruhida ishtirok etayotgan Javohir Sindorov ayni daqiqalarda niderlandiyalik Ervin L'Ami bilan kuch sinashmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1