1

Bir oyda koronavirusdan o`lim holatlari 13 foizga oshdi — JSST

Dunyo 26.01.2023, 18:50
Bir oyda koronavirusdan o`lim holatlari 13 foizga oshdi — JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti koronavirus bilan bog`liq epidemiologik vaziyat yuzasidan oylik hisobotini e`lon qildi. Unda 2022 yil 26 dekabrdan joriy yil 22 yanvargacha bo`lgan muddatda Er yuzi bo`yicha SOVID-19 ni yuqtirish holatlari va infeksiyadan o`lim ko`rsatkichlari tahlil etilgan. Bu haqda SSV matbuot xizmati yozmoqda.

 Ma`lum qilinishicha, o`tgan 4 hafta davomida 11 million nafardan ortiq kishiga ushbu kasallik tashxisi qo`yilgan. Ulardan 55 mingdan ziyodi virus oqibatida vafot etgan.

 JSST tahliliga ko`ra, 28 kun davomida xastalanish statistikasi undan avvalgi oyga nisbatan 25 foizga kamaygan bo`lsa-da, bu davrda o`lim ko`rsatkichlari 13 foizga oshgani xavotirli holat. Shu bois tashkilot Er yuzi aholisiga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda. 
 26 dekabrdan 22 yanvargacha eng ko`p bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
- Yaponiya — 672 526,
- AQSh — 323 721,
- Janubiy Koreya — 192 638,
- Xitoy —142 066,
- Braziliya —114 916.

Eslatib o`tamiz, pandemiya boshlanganidan buyon dunyo bo`yicha qariyb 665 million kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan 6,7 million nafardan ziyodi kasallik oqibatida vafot etgan.
​​​​​

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1