1

“O`zbekneftgaz” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan gap-so`zlarga nuqta qo`ydi

Jamiyat 01.02.2023, 09:21
“O`zbekneftgaz” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan gap-so`zlarga nuqta qo`ydi

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekneftgaz” AJ (kelgusida - Jamiyat) imidjiga salbiy ta`sir qiladigan ma`lumotlar tarqatilmoqda. Internet tarmoqlar orqali ommaga tarqatayotgan maqolalar tuxmat, tashkilot rahbari shaxsini haqorat qilish va shu tariqa ushbu tashkilot imidjiga putur etkazishga harakatdir, deya xabar bermoqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.

Jamiyat faoliyatida shaffoflikni ta`minlash, korrupsiyani oldini olish maqsadida, Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev boshchiligida g`aznachilik tizimi joriy qilindi, komplaens nazorat mexanizmi yaratildi, xaridlar jarayoni ustidan ko`p bosqichli nazorat tizimi o`rnatildi hamda jamiyat faoliyatini raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish bo`yicha ijobiy natijalarga erishildi.

Tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish, komplaens nazorati yo`nalishidagi xato-kamchiliklarni aniqlash va ularni kelgusida yo`l qo`yilishini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Moliyaviy va komplaens nazorat departamenti va boshqa tegishli departament mutaxassislari hamkorlikdagi faoliyati natijasida 2021-2022 yillarda jami 421,6 mlrd so`m qiymatidagi 52 ta o`rganish hujjatlari huquqiy baho berish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etildi.

Xaridlar jarayonida shaffoflikni ta`minlash maqsadida, 2022 yilda 6 387 ta shartnomalar ko`rib chiqildi va 176 ta holatda 174,5 mlrd so`mlik xato-kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etilishi ta`minlandi.

Jamiyat tasarrufidagi korxonalar rahbar va o`rta bo`g`im rahbarlaridan 5 043 ta manfaatlar to`qnashuvi deklarasiyalari olindi va ulardagi ma`lumotlar asosida 762 ta holatda qarindosh-urug`chilik holatlari, 33 ta holatda Jamiyat xodimlarining boshqa korxonalar bilan aloqadorligi hamda 12 ta holatda Jamiyat xodimlarining kontragent hamda raqib korxonalarda yaqin qarindoshlari faoliyat olib borishi aniqlanib tegishli choralar ko`rildi.

Jamiyat tizimida faoliyat yuritayotgan 126 nafarxodim 191 holatda o`zi rahbarligidagi (ta`sischiligi) korxonalar bilan 77,1 mlrd so`mlik shartnomaviy munosabatlarga kirish orqali manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`yilganligi aniqlandi va bartaraf etildi.

24 ta tizim korxonalari, boshqarmalari va neft bazalarida faoliyat olib borayotgan 29 415 ta xodimlarning 19 287 nafari (66 foiz), shundan 3 467 nafar (18 foiz) o`rtasida elektron tarzda anonim so`rovnomalar o`tkazilib, aniqlangan salbiy holatlarni bartaraf etish choralari ko`rilmoqda.

Korxonalarda amalga oshiriladigan ishlar va vazifalardan kelib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo`lgan 326 ta bo`linmalarni qamrab olgan holda jami 870 ta (shundan: 444 ta yuqori, 304 ta o`rta va 122 ta past darajadagi)korrupsion xavf-xatarlar ro`yxati shakllantirildi hamda 677 ta tavsiyalar berilishi natijasida xavf xatarlar darajasi kamaytirilishiga erishildi.

Jamiyat tasarrufidagi “UNG-Petro” MChJ hamda jamiyat boshqaruvi o`rtasida munosabat amaldagi qonunchilik talablari doirasida yuritiladi va qatiy ravishda jamiyat manfaatlari himoya qilinadi. Shu bilan birga, “UNG-Petro” MChJda tasarrufdagi barcha tashkilotlar singari komplaens nazorati tashkil etilgan bo`lib, har bir holatga qonunchilik doirasida tezkor ravishda munosabat bildiriladi. Murojaatda keltirilgan holat o`z tasdig`ini topgan taqdirda, barcha zarur choralar ko`riladi va ma`lumotlar xuquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etiladi.

Kelgusida ham “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi M. Abdullaev rahbarligidagi Ishchi guruh tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, xato-kamchiliklarni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan amaliy ishlar davom ettiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O`zbekneftgaz” AJ ayrim ommaviy axborot vositalarining xabarlarini rad etgan holda, ularni chop etish va chop etishdan oldin tekshirishni, shuningdek, yolg`on va ishonchsiz ma`lumotlarni tarqatganlik uchun respublika va xorijiy davlatlar qonunchiligida tegishli javobgarlik mavjudligini unutmaslikka chaqiradi, deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1