Rossiya Ukrainada qancha askar yo`qotgani aytildi

Dunyo 03.02.2023, 21:26
Rossiya Ukrainada qancha askar yo`qotgani aytildi

Rossiya Ukrainada halok bo`lgan va yaradorlar bilan 200 ming askar yo`qotdi. Bu haqda Zamon.uz yozmoqda.

Xususan, yo`qotishlar Soledar va Baxmutga hujumlar davrida keskin ko`paygan. Moskva Baxmutni egallash unga butun Sharqiy Donbassda g`alaba qozonishiga ishonmoqda. Shuning uchun oldingi marralarga kuchli tayyorgarlikdan o`tmagan askarlar va sobiq mahbuslar jo`natilyapti. Natijada kuniga yuzlab harbiylar halok bo`lmoqda va yaralanmoqda.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, Ukraina yo`qotishlari ham shunday ko`rsatkichda. Ammo Kiev bu haqda ma`lumotlarni ochiqlamayapti. Ukrain qo`mondonligi tajribali piyoda bo`linmalarini zaxirada ushlab turibdi, kam tayyorgarlikdan o`tgan va hududiy mudofaa bo`linmalari oldingi marrada jang qilmoqda.

Oxirgi marta AQSh Rossiyaning yo`qotishlarini 100 mingdan ortiq deb baholagandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1