1

Nyu-York shtatida oxirgi 40 yilda eng kuchli zilzila qayd etildi

Dunyo 07.02.2023, 08:25
Nyu-York shtatida oxirgi 40 yilda eng kuchli zilzila qayd etildi

Dushanba kuni Nyu-York shimoliy-g`arbida so`nggi 40 yildagi eng kuchli zilzila qayd etildi, deb xabar berdi “NBC” telekanali.

 Seysmologlarning xabarlariga qaraganda, Eri okrugida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo`lgan. Silkinishlar markazi Uest-Senek shahridan ikki kilometr sharqida ekani va uch kilometr chuqurlikda sodir etilgani aniqlangan. 

Ta`kidlanishicha, zilzila Niagara sharsharasi hududida ham sezilgan.

Mutaxassislarning ma`lumotlariga ko`ra, 1983 yildan buyon Uest-Seneki mintaqasining Buffalo shahri yaqinida 2,5 magnitudali 24 marta er silkinishi qayd etilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1