Italiya janubidagi Kalabriya mintaqasidagi plyajda 30 dan ortiq odamning jasadi topildi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Muhojirlar Italiya janubiga etib borishni umid qilib, baliqchi kemasida yo`lga chiqqandi. Qayiqda 180 kishi bo`lgan, 50 ga yaqin odam qutqarilgan. Qolganlarni qidirish davom etmoqda.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, Eron, Afg`oniston va Pokiston fuqarolari ketayotgan qayiq dengizning to`lqini tufayli qoyalarga borib urilgan.