1

AQShda ona farzandlarini axlat va jasadlar orasida saqlab kelgani aniqlandi

Jamiyat 25.03.2023, 00:19
AQShda ona farzandlarini axlat va jasadlar orasida saqlab kelgani aniqlandi

Dastlab polisiya uy ayvonida yotgan jasad haqida ma`lumot olgan. Ammo voqea joyiga etib kelgach dahshatli manzaraga guvoh bo`lgan. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Polisiyachilar ayvonda yotgan ayol jasadini olib, ichkariga kirganida u erda ayol bir nechta bolasi bilan yashayotgani ma`lum bo`lgan. Ammo uyning ahvoli unda odam yashaydiganga o`xshamasdi. Barcha xonalar chiqindi va axlat bilan to`lgan, suvaraklar bosib ketgan edi. Uy ichida kamida 16ta uy jonivorining o`ligi topilgan.

Bolalarni shunday sharoitda olib o`tirgan uy egasi darhol qo`lga olingan. Hozircha unga bolalar va jonivorlar bilan qo`pol munosabatda bo`lganlik ayblovi qo`yilgan.

Shuningdek ayvondagi jasad nimadan vafot etganini aniqlash kerak.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1