AsosiySport
4414

Argentinada Milliy terma jamoaning mashg`ulot bazasiga Messining nomi berildi

'Argentinada Milliy terma jamoaning mashg`ulot bazasiga Messining nomi berildi'ning rasmi

Xabarga ko`ra, Argentina termasining Eseysadagi mashg`ulot qarorgohiga Lionel Messining nomi berildi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi. 

Messi JCh-2022da jamoasini g`oliblikka etaklay oldi va 1986 yil Diego Maradona davridan beri ilk bor Argentina termasiga mundial titulini keltirdi.

Avvalroq 35 yoshli hujumchi Panamaga (2:0) qarshi o`rtoqlik o`yinida jarima zarbasidan gol urib, bu borada tarixdagi eng yaxshilar ro`yxatida Diego Maradona va Zikoga etib olgandi. Hozirda uch futbolchida 62 tadan gol bor.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar