1

Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga sanksiya joriy etishi mumkin

Dunyo 26.03.2023, 19:29
Evropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga sanksiya joriy etishi mumkin

Evropa Ittifoqi Rossiyaga savdo cheklovlarini chetlab o`tishda yordam beradigan Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin. Bu haqda hujjatga tayanib, “The Telegraph” gazetasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Evropa Ittifoqi rahbariyati Markaziy Osiyo mamlakatlariga, ayniqsa, “ikki maqsadli” texnologiyalarga ega bo`lgan mahsulotlar sohasida eksport hajmi o`sayotganini ma`lum qilgan.

“Tovarlarning ko`pchiligida harbiy va fuqarolik maqsadlarida qo`llaniladigan “ikki maqsadli” texnologiyalar mavjud bo`lib, ular Rossiyaga eksport qilinishi taqiqlangan tovarlar ro`yxatiga kiritilgan”, deb yozadi gazeta.

Manbaga ko`ra, Evropa Ittifoqidan Qozog`iston, Qirg`iziston va O`zbekiston kabi davlatlarga eksport qilinadigan tovarlar orasida asosan kir yuvish mashinalari, eski avtomobillar va fotoapparatlar bor. Evropa rasmiylari ushbu texnologiyalar savdo cheklovlarini chetlab o`tib, Rossiyaga kirib borayotganidan xavotirda.

“Ko`plab tovarlar demontaj qilinmoqda, yarimo`tkazgichlar va boshqa komponentlar Ukrainada shikastlangan Rossiya tanklari, bronetransportyorlari va razvedkachi dronlarini tiklash uchun foydalanilmoqda, degan xavotir bor”, deyiladi maqolada.

Manbada aytilishicha, Evropa Ittifoqi etakchilari markaziy osiyoliklar bilan gaplashib, sanksiyalarni chetlab o`tishga yordam berish oqibatlari haqida ogohlantirmoqchi. Agar Evroittifoq rahbariyati Rossiyaga tovarlarni reeksport qilish dalillarini topsa, u holda Evropa markaziy osiyoliklarga o`z bozoriga kirishni taqiqlaydi.

Shuning uchun ham Qozog`iston 1 apreldan boshlab Evrosiyo iqtisodiy ittifoqi (tarkibiga Rossiya ham kiradi) davlatlari bilan o`zaro savdoda tovarlar uchun jo`natma varaqlarini majburiy rasmiylashtirishni joriy etishini e`lon qilgan. OAV ushbu yangilik yordamida mamlakat G`arb davlatlari tomonidan Rossiyaga nisbatan qo`yilgan cheklovlarga amal qilishini namoyish qilmoqchi ekanligini yozgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1