Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etdi. Unda ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi a`zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.
Ma`lum qilinishicha, -66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikasiya qilingan va erkak ekani aniqlangan. Shu tariqa uning o`rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.
Bu bilan o`zbekistonlik bokschi qizlar ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda.