1

Abdulla Aripov Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashdi

Siyosat 29.03.2023, 21:59
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashdi

Bugun, 29 mart kuni Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni partiya kotibi Ma Sinjuy bilan uchrashuv o`tkazdi.

Uchrashuvda tobora yuqori sur`at bilan rivojlanayotgan O`zbek-Xitoy aloqalarining bugungi darajaga ko`tarilishida ikki Davlat Rahbarlari o`rtasidagi ochiq muloqot, ishonchli va do`stona munosabatlar asosiy omil bo`lib xizmat qilayotgani qayd etildi.

Ta`kidlanganidek, Xitoy O`zbekistonning ishonchli, vaqt sinovidan o`tgan strategik hamkoridir. O`zbekiston “yagona Xitoy siyosati”ni hamda “uch yovuz kuch” – terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi qat`iy kurashni doim qo`llab-quvvatlaydi.

Xitoy O`zbekistonning eng yirik savdo va investisiya hamkorlaridan biri hisoblanadi. O`tgan yil yakunlariga ko`ra ikki davlat o`rtasidagi o`zaro savdo aylanmasi ilk bor qariyb 9 milliard dollarni tashkil etdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda Xitoy kapitali ishtirokida 2140 dan ziyod korxona faoliyat ko`rsatmoqda.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz savdo-iqtisodiy yo`nalishda katta salohiyatga ega ekanini hisobga olib, yangi istiqbolli loyihalar va dasturlarni, jumladan hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalari ham ko`rib chiqildi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport, energetika, qishloq xo`jaligi, ilm-fan, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot yakunida Toshkent viloyati bilan Shinjon-Uyg`ur avtonom rayoni o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1