1

Shavkat Mirziyoev Xorazmda oltita yangi korxonani ishga tushirdi

Jamiyat 31.03.2023, 19:57
Shavkat Mirziyoev Xorazmda oltita yangi korxonani ishga tushirdi

Davlatimiz rahbari Xorazm viloyatidagi “Yangibozor tekstil agroklaster” mas`uliyati cheklangan jamiyatining to`qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Qiymati 13 milliard so`mdan ziyod bo`lgan mazkur loyiha doirasida  xorijdan zamonaviy uskunalar keltirib o`rnatilgan. Yiliga 5 million dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati yaratilgan. Tovarlarning 65 foizini eksportga yo`naltirish mo`ljallangan.

Bugungi kunda bu erda 500 ga yaqin xotin-qizlar ishlamoqda.

Shavkat Mirziyoev korxonadagi ish jarayoni bilan tanishish asnosida ular bilan suhbatlashdi. Xotin-qizlar chekka tumanlarga ham ham sanoat kirib kelayotgani, o`z uyi yaqinida shunday zamonaviy korxonada ishlayotganidan mamnunligini aytishdi.

Shu erda Xorazm viloyatidagi 6 ta yangi korxonani ishga tushirish marosimi bo`ldi. Ular – Urganch shahridagi “Eko Obi hayot” korxonasi tomonidan gipsokarton mahsulotlari, Urganch tumanidagi “Zakirov” xususiy korxonasi tomonidan burama mix, Xiva gilami kombinatining ikkinchi bosqichi, Bog`ot tumanidagi “Koba teks” korxonasi tomonidan tayyor gazlama, Urganch tumanidagi “Xorezm Solt Biznes” korxonasi tomonidan texnik tuzlar, Xonqa tumanidagi “Xorezmteks Feyshn” korxonasi tomonidan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalaridir. Ushbu korxonalar vakillari videoaloqa orqali majmualar salohiyati haqida axborot berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev ramziy tugmani bosib, ushbu yangi korxonalarni ishga tushirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1