AsosiyDunyo

Janubiy Koreyada parvoz vaqtida samolyot eshigi ochilib ketdi

'Janubiy Koreyada parvoz vaqtida samolyot eshigi ochilib ketdi'ning rasmi

Janubiy Koreyada Asiana Airlines aviakompaniyasi samolyotining eshigi parvoz vaqtida ochilib ketdi

Aniqlanishicha, samolyot Jeju orolidan Seuldan 237 km janubi-sharqda joylashgan Tegu shahriga yo`l olgan. Mahalliy vaqt bilan soat 12:45 da eshik to`satdan ochilib ketgan. 

Ma`lumotlarga ko`ra, favqulodda vaziyat vaqtida bortda 194 kishi bo`lgan. Samolyot eshigi ochiq holda muvaffaqiyatli qo`ngan.

Samolyot eshigini 30 yoshli yo`lovchilardan biri ochgani taxmin qilinmoqda. Hodisa vaqtida hech kim jabrlanmagan, biroq havo etishmasligi tashxisi bilan 9 kishi shifoxonaga yotqizigan.

Qayd etilishicha, yo`lovchilar orasida 48 nafar boshlang`ich va o`rta maktab sportchilari bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar