1

Rossiyada o`zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollar topib oldi va…

Dunyo 26.05.2023, 22:12
Rossiyada o`zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollar topib oldi va…

Rossiyaning Moskva shahrida o`zbekistonlik erkak axlatxonadan 65 ming dollardan ziyod pul topib, uni egasiga qaytardi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko`ra, u Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida tug`ilgan, 14 yil davomida har yili Moskvaga qatnab ishlaydi. Voqea bo`lgan kuni telefon raqamiga bir ayol qo`ng`iroq qilib, ishga chaqirgan. Oshxonasida bo`lgan barcha buyumlarni axlat uchun mo`ljallangan konteynerga solib, tashlab yuborishini aytgan. Ular axlatxonaga olib borib, konteynerlarni tashlagan, ayol ish haqini bergan. 

“Soat kechasi 23:00 larda ayol yana telefon qildi, qaerdasan, ikki bola bilan kel, bugun ishlaganingizda uyning hujjatlari chiqib ketib qolibdi, dedi. Vaqtim yo`qligini aytganimda ko`nmadi. Xullas, boshliq qo`ng`iroq qildi. Keyin borib, konteynerni ko`rsatdim. Senga bugun to`laganimdan ikki barobar ko`p to`layman, hujjatlarni topaylik, dedi. 5 ta katta konteyner bor edi. Ulardan birini ochsak, bitta qog`oz va 5 million rubl pul turibdi. Pulni oldik. Qochib ketsak ham bo`lardi, lekin qochib qaerga boramiz? Hujjatlarimiz ishxonamizda, bu pul bizga tegishli ham emas”, — deydi erkak.

U, shuningdek, pullarni qaytargani uchun rag`batlantirilganini ham ma`lum qildi

“Ishxonam hozir 100 ming rubl mukofot puli berdi. Xotiningni olib kel, senga fuqarolik pasporti beramiz va yashash uchun hovli ham beramiz, deyishdi. Men hamma narsam etarli ekanini aytdim va rad etdim”, — deydi u.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1