1

Qashqadaryoda ayovsiz kaltaklangan bloger 15 sutkaga qamaldi

Jamiyat 27.05.2023, 22:47
Qashqadaryoda ayovsiz kaltaklangan bloger 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog` tumanida yashovchi bloger Elmurod Odilovga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov ma`lum qildi.

Uning aytishicha, Odilov Jinoyat ishlari bo`yicha Yakkabog` tuman sudining 2023 yil 27 maydagi qaroriga bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 198-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga to`sqinlik qilish) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ma`umot uchun, Elmurod Odilov 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug`ilgan. U oldin ham ma`muriy javobgarlikka tortilgan. 

Ma`lumot o`rnida ta`kidlab o`tish joizki, avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda bloger Elmurod Odilov pilla punktida IIB xodimlari tomonidan o`lasi qilib kaltaklangani, shundan so`ng izsiz yo`qolgani to`g`risidagi xabarlar tarqalgandi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi izoh berib, Odilov pilla topshirish maskaniga borgani, u erda fermerlarning ishiga aralashib, ularga turli nomunosib savol-javoblar qilishi oqibatida janjal kelib chiqqani va u fermerlarni haqorat qilganini ma`lum qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1