1

Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

Jamiyat 28.05.2023, 20:33
Sirdaryoda avtobus yonib ketdi

Kecha, 27 may kuni soat 17:45 da Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi Guliston-Gagarin yo`nalishi 4-R 18 A-373 yo`lining 10 kmda harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli avtobusda yong`in sodir bo`ldi. Holat bo`yicha viloyat FVB ma`lumot berdi.

Ta`kidlanishicha, sodir bo`lgan yong`indan avtobusning dvigatel va salon qismi yongan. Yong`inga 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 17:52 da etib borib, yong`in soat 18:02 da to`liq o`chirilgan.

Yong`in natijasida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo`lish holatlari kuzatilmagan.

Yong`inning taxminiy sababi avtomobildagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo`lgan. Hozirda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1