1

Putin va Zelenskiy Turkiyaga borishi rejalashtirilmoqda

Dunyo 31.05.2023, 19:41
Putin va Zelenskiy Turkiyaga borishi rejalashtirilmoqda

"Hurriyet" nashrining ma`lum qilishicha, Zelenskiy va Putin Erdog`an inaugurasiyasidan keyin Turkiyaga tashrif buyurishadi.  Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Nashr ma`lumotlariga ko`ra, Turkiyaning qayta saylangan prezidenti Rajab Toyyib Erdog`anning 3 iyun kuni bo`lib o`tadigan inaugurasiyasidan so`ng Vladimir Putin va Zelenskiy o`z navbatida Anqaraga tashrif buyurishadi.

Manbalarda aytilishicha, avvaliga Putin Turkiyaga uchadi, keyin esa Zelenskiy tashrif buyuradi. Erdog`an bilan muzokaralarning asosiy mavzulari Ukrainadagi urush va “don kelishuvi” bo`lishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1