1

Svetlana Osipova taekvondo bo`yicha vise-chempion bo`ldi

Sport 02.06.2023, 09:08
Svetlana Osipova taekvondo bo`yicha vise-chempion bo`ldi

Kecha, Boku shahrida taekvondo WT bo`yicha jahon chempionatining to`rtinchi kun bellashuvlari bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, taekvondochi Svetlana Osipova jahon chempionatida +73 kg vazn toifasida kumush medalni qo`lga kiritdi.

Hamyurtimiz murosasiz kechgan hal qiluvchi bellashuvda turkiyalik Nafiya Kugaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, kumush medalga sazovor bo`ldi.

Ta`kidlash joizki, shu paytgacha o`zbek sportida hech bir taekvondochi qizimiz ketma-ket ikki bor jahon chempionatlarining finaliga yo`l olmagan edi. Ushbu natija orqali Osipova jahon va Parij-2024 Olimpiadasi reytingidagi o`rnini yanada mustahkamlab olmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1