Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi

Siyosat 04.06.2023, 18:06
Qatar Davlati Amiri davlat tashrifi bilan O`zbekistonga keladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5-6 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo`ladi.

Oliy martabali mehmon tashrifining asosiy tadbirlari Samarqand shahrida bo`lib o`tadi.

Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralarda O`zbekiston va Qatar o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqiladi. Bunda, eng avvalo, faol siyosiy muloqotlar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish, energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo`jaligi, infratuzilma, logistika, turizm va boshqa tarmoqlarda yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish e`tibor markazida bo`ladi.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini ham muhokama qiladilar.

Uchrashuv yakunida salmoqli hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to`plami imzolanishi kutilmoqda.

Ta`kidlash joizki, Qatar Davlati Amirining yurtimizga tashrifi ikki mamlakat o`rtasidagi diplomatik munosabatlarning 25 yildan ziyod tarixida birinchisi bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1