“Tolibon” rejimi ayollarni an`anaviy zulmdan ozod qildi va ularning erkin inson maqomini tikladi. Bu haqda “Tolibon” harakati oliy etakchisi Haybatulla Oxunzoda musulmonlarning Qurbon hayiti munosabati bilan bergan bayonotida aytib o`tdi.
– Xotin-qizlarni an`anaviy zulmdan, jumladan, majburiy nikohdan qutqarish bo`yicha aniq chora-tadbirlar ko`rildi, ularning shar`iy huquqi himoya qilindi, – deyilgan matbuot uchun tarqatilgan matnda. – Ayollarning erkin va munosib inson sifatidagi maqomi tiklandi. Barcha tashkilotlar nikoh, meros va boshqa huquqlarni ta`minlashda ularga ko`mak ko`rsatishi shart.
Etakchining qo`shimcha qilishicha, “Tolibon” ayollar islom shariati asosida farovon turmush kechirishi uchun zarur choralarni ko`rgan. Afg`onistondagi ayollar muammolari, jumladan, 20 yillik ishg`olning salbiy tomonlari bilan bog`liq.
28.06.2023 08:26
Afg`on ayollarining huquqi tiklangani e`lon qilindi






