AsosiyDunyo

Germaniya va Niderlandiyada 9 nafar markaziy osiyolik terrorizmda ayblandi

'Germaniya va Niderlandiyada 9 nafar markaziy osiyolik terrorizmda ayblandi'ning rasmi

Bugun, 6 iyul kuni Germaniya va Niderlandiya polisiyasi terrorizmda gumon qilib, Markaziy Osiyodan to`qqiz nafar fuqaroni qo`lga oldi. Bu haqda Germaniya Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ular 1 nafar Turkmaniston, Qirg`iziston va 5 nafar Tojikiston fuqarolari ekani aniqlangan. Ularni hibsga olishga orderda gumonlanuvchilar bir-birini uzoq vaqtdan beri bilishi va radikal islomiy qarashlarga ega ekani aytilgan.

2022 yilning bahorida ular deyarli bir vaqtning o`zida Ukrainadan Germaniyaga borgan. O`sha yilning iyun oyi oxirida ular Germaniyada IShID ruhida shov-shuvli teraktlar amalga oshirish maqsadida terrorchilik tashkilotini tuzish uchun birlashgan.

Qo`lga olinganlar xorijda bo`lgan IShIDning Xuroson viloyati hududiy bo`limi xodimlari bilan aloqada bo`lgan. O`z rejasini amalga oshirish uchun gumonlanuvchilar Germaniyadagi nishonlarni olib, sodir bo`lishi mumkin bo`lgan jinoyat joylarini ko`zdan kechirgan va qurol olishga harakat qilgan.

Qirg`iziston fuqarosidan boshqa hamma pul yig`ib, qayta-qayta IShIDga o`tkazgan. Niderlandiyada yashovchi 29 yoshli Tojikiston fuqarosi qo`lga olinganlar bilan aloqada bo`lgan. Mahalliy polisiya uni IShID a`zosi va terakt tayyorlashga buyruq berganlikda gumon qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar