Istanbuldan Marokashga uchayotgan Turkish Airlines samolyoti bortidagi yo`lovchi o`z joniga qasd qildi, deya yozmoqda Zamon.uz
Hodisa sababli samolyot Jazoirga favqulodda qo`ngan. Xorijlik yo`lovchi hojatxonaga kirib, ustidan qulflab, uzoq vaqt chiqmagach bu bort kuzatuvchilarini shubhaga solgan. Samolyot xodimlari eshikni buzishga majbur bo`lgan.
Styuardessalar va samolyotda bo`lgan shifokor hojatxonadan hushsiz holatda olib chiqilgan yo`lovchiga birinchi tibbiy yordam ko`rsatgan. Jazoirga majburiy qo`nishdan so`ng aeroportga kelgan shifokorlar yo`lovchining o`lganini ma`lum qilgan.
Bortdagi hodisa o`z joniga qasd qilish (suisid) sifatida baholangan.






