AsosiyDunyo

JAR sobiq prezidenti qamoqxonada joy yo`qligi sabab ozod etildi

'JAR sobiq prezidenti qamoqxonada joy yo`qligi sabab ozod etildi'ning rasmi

Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Jeykob Zuma qamoqxona to`lib ketgani va joy yo`qligi sabab ozod etildi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.

Sobiq davlat rahbari sudga hurmatsizlik qilgani uchun 15 oylik qamoq jazosini o`tashi kerak edi.

Zuma JAR qamoqxonalaridagi tanglikni yumshatish uchun aprel oyida boshlangan sxema bo`yicha ozod qilingan 9 000 dan ortiq unchalik xavfli bo`lmagan mahbuslardan biri ekani aytilmoqda.

Respublika adliya vaziri Ronald Lamola bu qaror hech qanday siyosiy aralashuvsiz qamoqxona ma`muriyati tomonidan qabul qilingani va Zumaning unga deyarli ta`siri yo`qligini aytdi.

81 yoshli Zuma 2021 yilda uning prezidentligi davridagi moliyaviy firibgarlik va qarindosh-urug`chilikni tergov qilgan komissiya oldida ko`rsatma berishdan bosh tortgani uchun qamoqqa tashlangan. Biroq u atigi ikki oy o`tib, sog`lig`i sababli qamoqdan ozod qilindi.

Apellyasiya sudi o`tgan yilning noyabrida ozodlikni noqonuniy deb topdi va Zumani jazo muddatini o`tash uchun qamoqxonaga qaytarishni buyurdi. Iyul oyida Konstitusiyaviy sud qamoq jazosini bekor qilishga urinishni rad etdi.

    Boshqa yangiliklar