AsosiyJinoyat

22 yoshli o`zbekistonlik yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo`shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi

'22 yoshli o`zbekistonlik yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo`shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi'ning rasmi

O`zbekistonlik 22 yoshli yigit Suriyadagi terrorchilik tashkilotiga qo`shilib, jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgani aniqlandi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, DXX va IIV tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida, 2001 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan Muxammadali To`xtaev Turkiyaga borib, u erda “Katiba al-G`uroba al-Turkiston” terrorchilik tashkiloti yollovchilarining ta`siriga tushgani aniqlangan. U aylanma yo`llar orqali Suriyaga o`tib, ushbu tashkilot safiga qo`shilgan, hozirda jangovar harakatlarda qatnashib kelayotgan bo`lgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar