1

Shavkat Mirziyoev Bokuda Haydar Aliev xotirasiga hurmat ko`rsatdi

Siyosat 22.08.2023, 17:40
Shavkat Mirziyoev Bokuda Haydar Aliev xotirasiga hurmat ko`rsatdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Boku shahriga kelgach, Ozarbayjon xalqining umummilliy etakchisi Haydar Aliev mangu qo`nim topgan Faxr xiyoboniga tashrif buyurdi. 

Haydar Alievning mustaqil Ozarbayjonni barpo etish va mustahkamlash yo`lidagi xizmatlari beqiyos. Mamlakatning jadal rivojlanish davri va xalqaro maydondagi nufuzining yuksalishi aynan uning ismi bilan bog`liq.

Qardosh o`zbek xalqi bilan do`stona munosabatlarni mustahkamlashga doimo alohida e`tibor qaratgan Haydar Alievni yurtimizda yaxshi bilishadi. O`zbekistonda uning yuz yillik yubileyi keng nishonlandi. Shu munosabat bilan pochta markalari bosilgan, turli madaniy-ma`rifiy va ilmiy tadbirlar o`tkazilgan edi.

Toshkentda Ozarbayjon xalqining umummilliy etakchisi nomidagi ko`cha, unga bag`ishlangan xiyobon va yodgorlik ochilgan.

Shavkat Mirziyoev buyuk davlat va siyosat arbobi Haydar Aliev qabriga gul qo`yib, xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1