AsosiyJinoyat
4372

DXX Qirg`iziston va Tojikistondan giyohvand moddalarni olib kirganlarni qo`lga oldi (video)

'DXX Qirg`iziston va Tojikistondan giyohvand moddalarni olib kirganlarni qo`lga oldi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi.

Xususan, Yangiqo`rg`on tumanida istiqomat qiluvchi, 1975 y.t. fuqaroning yashash xonadonida Qirg`iz Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan olib kelingan 9 kg. 766 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Andijon – Namangan yo`nalishida harakatlanayotgan, Paxtaobod tumanida yashovchi, 1995 y.t. fuqaro boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Uychi tumani hududida to`xtatilib, ko`zdan kechirildi.

Natijada, uning salon qismida Qirg`iz Respublikasidan olib kelingan 1 kg. 379 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona organlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Piskent tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo`li bilan keltirilib, xufiya joyga yashirib ketilgan 8 kg “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtlarida Farg`ona viloyatida yashovchi, 1975 va 1981 yillarda tug`ilgan 2 nafar shaxs ushlandi.

Shuningdek, Bekobod shahrida yashovchi, 1996 y.t. fuqaro ushbu giyohvandlik vositasini muqaddam mazkur joyga qoldirib ketganligi aniqlanib, u ham qo`lga olindi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar