1

Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining Osiyo o`yinlaridagi tarkibi e`lon qilindi

Sport 10.09.2023, 21:06
Boks bo`yicha O`zbekiston terma jamoasining Osiyo o`yinlaridagi tarkibi e`lon qilindi

23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Hanchjou shahrida XIX Osiyo o`yinlari o`tkaziladi.

Musobaqa dasturidan boks bo`yicha bellashuvlar ham o`rin olgan. Mazkur o`yinlar Parij Olimpiadasiga lisenziya berishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.

O`zbekiston boks federasiyasida rahbariyat, terma jamoalar bosh murabbiylari va murabbiylar kengashi yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda Hanchjoudagi musobaqada qatnashadigan bokschilarimiz nomi ma`lum qilindi.

Unga ko`ra, boks bo`yicha terma jamoamiz Osiyo o`yinlarida quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar:

-51 kg: Hasanboy Do`smatov

-57 kg: Abdumalik Xalokov

-63,5 kg: Ruslan Abdullaev

-71 kg: Asadxo`ja Mo`ydinxo`jaev

-80 kg: To`rabek Xabibullaev

-92 kg: Lazizbek Mullojonov

+92 kg: Bahodir Jalolov

Bosh murabbiy: To`lqin Qilichev

Katta murabbiylar: Steyners Tissert Xuan Enrike, Rahmatjon Ro`zioxunov

Ayollar:

-50 kg: Sabina Boboqulova

-54 kg: Nigina O`ktamova

-57 kg: Sitora Turdibekova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-66 kg: Navbahor Hamidova

-75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov

Murabbiylar: Timur Axbaev, Anna Sidorova, Islom Tojiboev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1