Xitoy AQSh bilan urushga tayyorlanmoqda — Jon Bolton

Dunyo 21.09.2023, 13:41
Xitoy AQSh bilan urushga tayyorlanmoqda — Jon Bolton

Xitoy AQSh bilan urush qilishga faol tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda Donald Tramp ma`muriyatida milliy xavfsizlik bo`yicha maslahatchi bo`lib ishlagan Jon Bolton razvedka ma`lumotlariga tayanib ma`lum qildi, deb yozmoqda The Telegraph.

Unga ko`ra, Bolton AQSh harbiy-havo kuchlari kotibi Frenk Kendallning urushga tayyorgarlik haqidagi gaplarini eslatdi.

“Bu tahdid harbiy ishlar bilan cheklanib qolmaydi, balki siyosat va iqtisodga ham taalluqlidir. So`nggi o`n yil ichida biz bu tahdidni turli darajada tan oldik. Ko`p hollarda biz tahdidlarning kattaligi va ko`lamini baholashda xavfli darajada sustlik qildik”, — dedi Bolton.

Uning ta`kidlashicha, Xitoy o`nlab yillardan beri G`arbga qarshi iqtisodiy urush olib bormoqda: intellektual mulkni o`g`irlash, JST kabi savdo institutlari doirasida merkantilistik siyosatini olib borish, o`zining muhim ichki bozorlarini xorijiy raqobatdan ajratib qo`yish va bir vaqtning o`zida G`arbdagi ochiqlikdan foydalanish kabi.

Bolton Xitoyga haddan tashqari ko`p sarmoya kiritgan yoki Pekinga haddan tashqari qaram bo`lib qolgan amerikalik yirik biznes egalarini aybladi.

“Ular shuncha yildan buyon Sovet Ittifoqi qulashi xalqaro siyosiy xavf tugaganini anglatmasligini tushunmayapti”, — deb ta`kidladi Bolton.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1