AsosiyDunyo

Gresiyada “Daniel” to`foni yuz berdi

'Gresiyada “Daniel” to`foni yuz berdi'ning rasmi

Gresiyada halokatli “Daniel” to`foni oqibatlari bartaraf etilmoqda. To`fon shu qadar kuchli bo`lganki, uylardagi mebellarga zarar etgan.

Endilikda aholi o`z jihozlarini saralab, chiqindixonaga olib ketmoqda. Singan divanlar, stullar va shkaflar uyumi hosil bo`ldi. Ba`zi binolar yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qoldi. Tabiiy ofatdan keyin 70 gektardan ortiq maydon suv ostida qolib ketdi. Kamida 16 kishi halok bo`ldi va o`n minglab hayvon cho`kib ketdi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq toshqin Gresiyaning Volos shahri aholisini ichimlik suvisiz qoldirgani xabar qilingandi. Shahar ma`muriyati suv ta`minoti tizimi taxminan uch hafta ichida ishga tushishini ma`lum qildi, deb xabar beradi mir24.tv.

    Boshqa yangiliklar