AsosiyJamiyat

"Prezident Administrasiyasidan topshiriq bo`lmagan" — SSV ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga munosabat bildirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bolalar bilan yuz bergan holat yuzasidan jurnalis...

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida bolalar bilan yuz bergan holat yuzasidan jurnalistlar savollariga o`zini vazir yordamchisi deb tanishtirgan shaxs "Administrasiyadan buyruq bo`lgan, intervyu berilmaydi" mazmunidagi javob bergani aks etgan videolavha tarqaldi.

Sog`liqni saqlash vazirligi holatga munosabat bildirib, ushbu ma`lumot haqiqatdan yiroq ekanligi, Prezident Administrasiyasidan bunday topshiriq bo`lmaganini ma`lum qildi.

"O`z navbatida, bolalarda aniqlangan holat bo`yicha huquq-tartibot organlari va tegishli tashkilotlar tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilayotganini eslatib o`tamiz", deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar