AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Germaniya Kanslerini O`zbekistonga taklif qildi

'Shavkat Mirziyoev Germaniya Kanslerini O`zbekistonga taklif qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 sentyabr kuni Berlin shahridagi birinchi “Markaziy Osiyo - Germaniya” sammiti doirasida Germaniya Federativ Respublikasi Kansleri Olaf Shols bilan muzokara o`tkazdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari ko`rib chiqildi, O`zbekiston bilan Germaniya o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Ishbilarmonlik sohasidagi sheriklikni kengaytirish, iqtisodiyot, investisiya, transport, energetika va boshqa sohalarda kooperasiyani chuqurlashtirishga alohida e`tibor qaratildi.

O`zbekiston rahbarining joriy yil may oyidagi Berlinga rasmiy tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirishga kuchli sur`at bag`ishlagani ta`kidlandi.

Keyingi yillarda tovar ayirboshlash va sanoat kooperasiyasi ko`rsatkichlari ikki barobar o`sdi. Mamlakatimizda Germaniyaning “Volkswagen”, “MAN”, “CLAAS”, “Siemens”, “Linde”, “Aurubis”, “Henkel”, “Knauf”, “Papenburg”, “Deutsche Kabel” va ko`plab boshqa etakchi kompaniyalari muvaffaqiyatli ish olib bormoqda.

Tog`-kon, energetika, kimyo, elektrotexnika, to`qimachilik sanoati va infratuzilma bo`yicha yangi loyihalar portfeli shakllantirilgan.

Davlatimiz rahbari qo`shma iqtisodiy tadbirlarni muntazam o`tkazib borish, muqobil energetikani rivojlantirish, qishloq xo`jaligi va suv resurslari boshqaruvini raqamlashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlash, moliyaviy vositalarni kengaytirish, ikki mamlakat hududlari o`rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, migrasiya va ko`chuvchanlik sohasida hamkorlik qilish bo`yicha qator aniq takliflarni ilgari surdi.

Madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, fan va ta`lim sohalarida qo`shma dasturlarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani qayd etildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash yuzasidan, shu jumladan Afg`onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida  Shavkat Mirziyoev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishga taklif etdi

    Boshqa yangiliklar